CEO - diviziyalar faoliyatini nazorat qilib turuvchi, ular ishini muvofiqlashtiruvchi ijrochi direktor
1.1. HR diviziyasi rahbari- HR diviziyasi belgilangan standartlar asosida to‘liq faoliyat yuritishini ta’minlovchi, diviziya xodimlari ishlarini tartibga solib, nazorat qiluvchi rahbar
1.2 Rekruter - mavjud filiallar ish faoliyatini tashkil etish uchun zarur xodimlarni topish va ularni ichki moslashtirishga javobgar xodim
1.3. HR-inspektor - barcha xodimlar standartlar asosida faoliyat tashkil etishini tekshirib, xodimlarni qayta o‘qitishni tashkil qiluvchi xodim
2.1. Marketing va sotuv diviziyasi rahbari - ushbu diviziyaga berilgan vazifalar bajarilishi, xodimlar faoliyati nazorati, diviziya faoliyatini tashkil etuvchi rahbar
2.2. Marketolog - xizmatlarni sotib oluvchi mijozlar oqimini tashkil etishga javobgar xodim
2.3. Dizayner - kompaniya va filiallarda vizual tuzilish, brending va reklama materiallarini yaratishda asosiy materiallarga javobgar xodim
2.4. Mobilograf - kompaniya haqida ma’lumot beruvchi, uning faoliyat jarayonini to‘laqonli ochib beruvchi videokontentlarni olish va ijtimoiy sahifalarda yoritishga javobgar xodim
2.5. Kopirayter - Kopirayter kompaniya va filiallarda matnli materiallar yaratishda, reklama va marketing xabarlarni tuzuvchi xodim
2.6. Community menejer - ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushadigan savollar va xatlarga javob beruvchi xodim
2.7. PR-menejer - xodimlar tashqi ko‘rinishi (imidji), xodimlar va kompaniya sheriklarining kompaniya va uning xizmatlari haqidagi ijobiy fikr-mulohazalarni yig‘uvchi xodim
2.8. Sotuv menejeri - mavjud mijozlar tashkilot xizmatlari uchun o‘z tariflariga muvofiq oldindan yoki belgilangan muddatlarda to‘lovlarni amalga oshirishini tashkil etuvchi, qarzdorligi mavjud mijozlarga qarzdorlik haqida xabar berish va to‘lashga undovchi menejer.